"Orqali odam" deyishadi
Assalomu alaykum! Ustozlar, bu orqali odam deyishadi. U o‘zi kim, qanaqa odam bo‘ladi? Shu to‘g‘risida tushuncha beringlar iltimos. Alloh rozi bo‘lsin rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Jinkash. Ya’ni jinlar bilan aloqada bo‘ladigan odamga aytiladi. Hozirgi kunda kimdan odatdan tashqari ish sodir bo‘lsa hamma uni Allohni do‘sti, duosi mustajob deb o‘ylaydigan bo‘lib qolishdi. Folbin, munajjim, jinkash kishilar esa, xalq orasida eng mo‘’tabar kishilar bo‘lib qolishdi. Odamlar qiladigan ishlarining maslahatini va to‘ylarini o‘shalarga qarab belgilaydigan bo‘lib qolishdi. Holbuki Alloh taoloning huzuridagi me’yor, shariat-sof e’tiqoddir. Hatto o‘shandaylarni birortasi osmonda uchib yurgan taqdirda ham e’tiqodi shariatga muvofiq bo‘lmasa, unga ahamiyat berilmaydi. So‘fi Allohyor hazratlari o‘zlarining “Sabotul ojiziyn” kitoblarida musulmon kishining e’tiqodini bayon qilib: Aqiyda bilmagan shaytona eldur, Agar ming yil amal deb qilsa, eldur. Shariatsiz kishi uchsa havog‘a, Ko‘ngil qo‘ymang aningdek xudnamog‘a. Havog‘a uchsa monandi chibindur, Ani hodiy dema shaytoni dindur. Shariatsiz kishi gar yutsa o‘tni, Havo o‘rtasida minsa bulutni. Qachon topg‘on erur qurbat idini, Valiy bilmang taqi andog‘ kadini. Bo‘lubdur mundog‘ ishlar kofiriydin, Nechukkim bo‘ldi sehri Somiriydin. Eshitgil bul, ki Fir’avn amridin Nil, Quyidin yuqorig‘a oqdi beqiyl. Muni bilgilki Hindustonda holo, Ucharlar kofiri sannosi bolo. Shariat hukmin etmay istiqomat, Taajjub ishlari bo‘lmas karomat. – deganlar. Qiyomat yaqinlashgan sari o‘zlarini payg‘ambar deb chiquvchilar, shaytonlar bilan ish tutib odamlarni hayratga soladigan ishlarni qiluvchilar ko‘payishadi va oxiri Dajjol chiqadi. Alloh taolo unga odamlarni adashtirish uchun g‘ayritabiy qobilyatlarni ham bergan. U insonlarni o‘ziga ibodat qilishga chaqiradi. Iymoni zaif odamlar ikkilanib qolgan vaqtda xohlasalaring senlarni ota-onalaringni tiriltirib beraman – deydi. Ular “agar shunday qilsang senga iymon keltiramiz” deyishadi. Dajjol buyruq beradi shayton va jinlar ularning ota-onalari suratiga kirib oldilarida namoyon bo‘lishadi. Shunda ular Dajjolga iymon keltirib unga ibodat qilishadi. عن أبي أمامة الباهلي رضي الله عنه قال النبي صلى الله عليه وسلم عن الدجال : " وَإِنَّ مِنْ فِتْنَتِهِ أَنْ يَقُولَ لأَعْرَابِيٍّ أَرَأَيْتَ إِنْ بَعَثْتُ لَكَ أَبَاكَ وَأُمَّكَ أَتَشْهَدُ أَنِّي رَبُّكَ ؟ فَيَقُولُ : نَعَمْ . فَيَتَمَثَّلُ لَهُ شَيْطَانَانِ فِي صُورَةِ أَبِيهِ وَأُمِّهِ فَيَقُولانِ يَا بُنَيَّ اتَّبِعْهُ فَإِنَّهُ رَبُّكَ " رواه ابن ماجه Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam Dajjol haqida so‘zlab: “Uni fitnasidan biri a’robiyga qarab “Agar ota-onangni tiriltirib bersam meni robbing ekanligimga guvohlik berasanmi” deydi. U “Ha” deydi. Shunda ikki shayton ota-onasi suratiga kirib: “Ey o‘g‘ilcham uni ortidan ergash, u sening robbingdir” deyishadi”. Ibn Moja rivoyati. Haqiqiy iymoni butun kishilar esa bunday bo‘lishini xabarini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam berganlari uchun iymonlari yanada ziyoda bo‘ladi. أَنَّ أَبَا سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمًا حَدِيثًا طَوِيلًا عَنِ الدَّجَّالِ، فَكَانَ فِيمَا يُحَدِّثُنَا بِهِ أَنَّهُ قَالَ: يَأْتِي الدَّجَّالُ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْهِ أَنْ يَدْخُلَ نِقَابَ الْمَدِينَةِ، فَيَنْزِلُ بَعْضَ السِّبَاخِ الَّتِي تَلِي الْمَدِينَةَ، فَيَخْرُجُ إِلَيْهِ يَوْمَئِذٍ رَجُلٌ وَهْوَ خَيْرُ النَّاسِ أَوْ مِنْ خِيَارِ النَّاسِ، فَيَقُولُ: أَشْهَدُ أَنَّكَ الدَّجَّالُ الَّذِي حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَدِيثَهُ، فَيَقُولُ الدَّجَّالُ: أَرَأَيْتُمْ إِنْ قَتَلْتُ هَذَا ثُمَّ أَحْيَيْتُهُ، هَلْ تَشُكُّونَ فِي الْأَمْرِ؟ فَيَقُولُونَ: لَا. فَيَقْتُلُهُ ثُمَّ يُحْيِيهِ، فَيَقُولُ: وَاللهِ مَا كُنْتُ فِيكَ أَشَدَّ بَصِيرَةً مِنِّي الْيَوْمَ. فَيُرِيدُ الدَّجَّالُ أَنْ يَقْتُلَهُ فَلَا يُسَلَّطُ عَلَيْهِ Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Dajjol haqida bizga uzoq so‘zladilar. Bizga aytganlarining ichida shunday deganlari ham bor edi: «Dajjol Madinaning tashqarisidagi sho‘rxoklardan biriga keladi – holbuki, uning Madinaga kirish yo‘llariga kelishi ham harom qilingan. – O‘sha kuni uning oldiga odamlarning eng yaxshisi [yoki odamlarning eng yaxshilaridan biri] bo‘lmish bir kishi chiqib: «Guvohlik beramanki, sen Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga so‘zlab bergan dajjolsan», deydi. Shunda dajjol (bir odamni ko‘rsatib,) «Agar buni o‘ldirib, keyin tiriltirsam, nima deysizlar? Bu ishga shak qilasizlarmi?» deydi. Ular: «Yo‘q», deyishadi. U uni o‘ldirib, so‘ngra tiriltiradi. U uni tiriltirgan zahoti (boyagi yaxshi odam): «Allohga qasamki, sen haqingda bugungichalik aniq ishonchga ega bo‘lmaganman», deydi. Dajjol uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi, lekin unga g‘olib kela olmaydi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 04:38 | Savol-javoblar | 176 | Dolzarb savollar