Shukrona daftar

Assalomu alaykum! Eshitgan bo‘lishingiz mumkin, psixolog Aziza Tashxodjaeva shukrona daftari yozish haqida audiolar telegramda tarqaldi. Unga ko‘ra Allohga shukr qilib, shuni daftarga Allohim bergan uyinga shukr,  sababi nimanidir deb ko‘rsatib yozish kerak ekan. Shu dinimizga kanchalik to‘g‘ri keladi? Shirk keltirish emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hamma narsani ham shirk deyaverish kerak emas. Biz u ayolni faoliyati bilan to‘liq tanish emasmiz. Biz psixologiya fani bilan yaxshi tanishib chiqdik. Har bir o‘lkaning psixologiya ta’limoti o‘z diniga bog‘langan shaklda o‘rgatilar ekan. Masalan xitoyliklar buddaviy diniga bog‘lab, hindistonliklar krishna va shu kabi butlarga bog‘lab, evropa nasroniylik diniga bog‘lab, Amerika va Kanada kabi mamlakatlar Tavrot va Zaburga bog‘lab o‘rgatishar ekan. Bularning barchasida foyda borligi bilan birgalikda ming afsuski shirkka chaqiruvchi falsafa ham bor ekan. Alhamdulillah yoshligidan dinni mahkam ushlab, keyin falsafa fanini o‘qiganlar ham bor ekan. Ular qaysi o‘rinda iymon e’tiqodga zid holatlar borligini ajratisha olishar ekanlar. Shunday insonlardan o‘qisangiz mayli. Chunki hikmat mo‘minning yo‘qotgan narsasi, qaerda bo‘lsa ham olishga eng haqli inson hisoblanadi. Qolaversa chuqur e’tibor qaratsak ular bu falsafani Qur’on va hadisdan olganliklari namoyon bo‘lmoqda. Ular buni izhor qilmaslik maqsadida ularga turlicha atamalar va chalg‘itish uchun ko‘plab falsafalarni tiqishtirishar ekan. Siz psixologiyani ham o‘qing, Islom aqiyda va falsafasiga tegishli fanni ham o‘qing. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:38 | Savol-javoblar | 262 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar