Bomdoddan keyingi nafl namoz vaqti

Bizga berayotgan ilmlaringiz uchun katta rahmat. Hazrat men yashab turgan joyda bomdod vaqti 05:42 da kiradi, quyoshning chiqish vaqti esa 07:43 da, men "shuruq" namozini 08:30 da, "zuxo"namozini soat 10:00 da o‘qiyman. Shu soatlarda quyosh endi ko‘tarilgan va endi erni qizdirayotgan bo‘ladi. Bu erda osmon bulutli vaqtlar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun soatga qarab o‘qiyman. Shu to‘g‘rimi yoki noto‘g‘riligini aytsangiz? Bu namozlarni sizning ramazon tuhfasida qilgan ma’ruzangizni eshitib doim bardavom qilib, va’da qilingan ulkan savoblarga erishish maqsadida boshlagandim. Alloh sizni va ahli oilangizni o‘z panohida asrasin. Alloh rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
"Shuruq" namozini 08:00 da o‘qisangiz bo‘ladi. Qolgani to‘g‘ri.

1 May 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 183 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar