Yutukli uyin
Assalomu alaykum! Qaynotam ancha yillardan beri lotoreya o‘ynaydi. Farzandlari bergan pulga va pensiyalariga darrov borib lotoreya opkeladi. Qaynotam xam qaynonam xam 5 vaqt namozni qoldirmasdan ado etishadi. Eng yomoni xatto namozlarida duo qilib so‘rasharkan lotoreyadan yutuq chiqishini. Qaynonamga va erimga buni xaromligini uyda baraka bo‘lmasligini tushuntirdim foydasi bo‘lmadi. Farzandlarimga xam aynan yutuqli o‘yini bor bo‘lgan shirinliklardan, ro‘zg‘orga xam shu yutuqli o‘yin maxsulotlaridan opkeladigan bo‘ldi. Farzandlarimga bir ikki marta shu shirinliklardan edirmaganim uchun norozi bo‘lishdi. Savolim shuki ro‘zg‘orga shu maxsulotlardan ovqat pishirishim va farzandlarim xam shu shirinliklardan eyishi xarommi? Bu vaziyatda qanday yo‘l tutay? Mani gapimga parvo qilishmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha mahsulotlardan ediravering. Ammo yutuq chiqib qolsa, u yutuqni olish joiz emas. Qaynotangizni bu ishdan qaytarish uchun unga gapi o‘tadigan biror qarindoshingizdan yoki yoshi katta ahli ilmlardan yordam olinglar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:21 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom