Boylikdan so‘ralish
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh kilayotgan ishingizga kiyrot kiyrot ajrlar bersin. Savolim shundan iboratki inson halol mehnat qilib, mehnati orqali katta daromad topsa va shu daromadidan vaqtida zakotini qilsa, qolaversa boshqa ehsonlarni ham qilsa, odamlarga yordam bersa, qo‘ldan kelgancha odamlarga yaxshilik qilsa-yu, xashamatli uyda yashasa, xashamatli markab minsa va xashamatli hayot kechrsa bo‘ladimi? Boyligini to‘g‘ri yo‘lga sarflasa, qolgan boyligi uchun qiyomatta savol javob qilinmaydimi? Halol topgan boyligining qilgan zakoti, ehsonlari va yordamlaridan ortib qolsa ham savol javob qilinadimi? Javobingiz uchun katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol ne’matdan so‘ralishi aniq va rostdir. Shunday bo‘lgach, undan javob bera oladigan qilib foydalansin, isrof qilmasin, Alloh belgilab qo‘ygan haqlarni unutmasin. Alloh taolo “Zalzala” surasida marhamat qiladi: يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ النَّاسُ أَشْتَاتًا لِّيُرَوْا أَعْمَالَهُمْ 6. O‘sha Kunda odamlar amallarini ko‘rish uchun joylaridan alohida alohida bo‘lib qo‘zg‘alurlar. Ya’ni qiyomat kuni odamlar guruh-guruh bo‘lib – mo‘minlar alohida, kofirlar alohida – joylaridan qo‘zg‘aladilar. Keyin bu dunyoda qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo oladilar. فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ 7. Bas, kim zarra vaznicha yaxshilik qilsa ham ko‘radir. 8. Va kim zarra vaznicha yomonlik qilsa ham ko‘radir. Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo‘lmaydi. Hammasining hisob-kitobi bo‘ladi, qiyomatda javob berish kerak. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilar: So’so’a ibn Muoviya ismli odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganda, ul hazratlari unga «Faman ya’mal misqola zarrotin xoyron yaroh, va man ya’mal misqola zarrotin sharran yaroh»ni o‘qib berganlarida, u: «Bundan boshqa narsani eshitmasam ham, menga shuning o‘zi etarli», – degan ekan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Bir xurmoning yarmi yoki bir og‘iz shirin so‘z bilan bo‘lsa ham, o‘zlaringizni do‘zaxdan saqlanglar», – deganlar. Ya’ni bu yaxshilikning kichigi bo‘lmaydi, deganlaridir. Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ko‘zga ilinmaydigan gunohlardan saqlaninglar, chunki ular to‘planib, kishini halok qiladi», – deganlar. Har doim, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yaxshilikni qilib, shuningdek, ko‘zga ko‘rinmas zarra miqdorida bo‘lsa ham yomonlikdan qochish kerak. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 04:53 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat