Allohga qasamki, bu savol tanqid qilish uchun berilmadi !

Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz bo‘lsin! Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohhu alayhi vasallamga salovot va salomlarimiz bo‘lsin! Assalomu Alaykum Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari... Savol: Ollohga qasamki, bu savol tanqid uchun berilmadi, tushunish uchun birildi. Barchamizga sir emaski dinimizda yigit kishini soqol qo‘yishi yaxshidir. Tushunishum bo‘yicha soqol qo‘ymaslik gunoh. O‘z o‘rnida savol tug‘iladi. Shahrimizdagi juda ko‘p jome masjidlarimizdagi imomlarimiz, qorilarimiz saqolsiz, silliq yuz bilan hutbaga chiqqanlarini, maruza qilishlarini, namoz o‘qishlarini bilamiz. Bu "ustozing aytganini qil, qiganini qilma" qabilidagi hayotmi yoki bizdagi siyosiy "bosim" shunaqami? Ilimsizligimiz tufayli berib qo‘yadigan qo‘pol savollarimizdan hamda xato so‘zlarimiz uchun ilm egalaridan uzr so‘rimiz. Olloh din yo‘lida qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin hamda Siz bilan bizni suxbatlarimizni etib borib, etib kelishida hizmat qilayotgan Abu Muslimga ham Ollohni behisob ajr-mukofotlari bo‘lsin. Assalomu Alaykum va rahmatullohi va barakotuhu... ...islom ilmiga intiluvchi va izlanuvchilar nomidan Dilshod ummati MUHAMMAD
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Gumoningiz o‘rinli.

1 May 2022, 04:53 | Savol-javoblar | 153 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar