Qiz bilan yigit qo‘l berib ko‘rishishi

Assalomu alaykum! Qiz bola o‘z tengdosh yigit bilan qo‘l berib salomlashmasligi xaqida biror joyda keltirilganmi? Bu ishmdan norozi yigitlar ko‘p, ularga tushintirdim ammo biror ishonchli manbalarda yozilganini xam ko‘rsatsam balki manga boshqa norozilik qilishmasdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bundan saqlanish kerak. عن معقل بن يسار أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "لأن يطعن في رأس أحدكم بمخيط من حديد خير له من أن يمس امرأة لا تحل له" رواه الطبراني والبيهقي  Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlardan biringiz uchun halol bo‘lmagan ayolni ushlashdan ko‘ra boshiga temirdan bo‘lgan mixyat(igna, bigiz) sanchilishi yaxshiroqdir” dedilar". Roviylarning barchasi ishonchlidir.
Tabaroniy va Bahaqiylar rivoyati.ولأن يزحم رجل خنزيرا متلطخا بطين أو حمأة خير له من أن يزحم منكبه منكب امرأة لا تحل له. رواه الطبراني Boshqa bir hadisda: “Kishining elkasi o‘ziga halol bo‘lmagan ayolning elkasiga tegishidan ko‘ra, u uchun loy va balchiqqa bulangan to‘ng‘izga tegishidan yaxshiroqdir” deganlar.
Tabaroniy rivoyati. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 05:01 | Savol-javoblar | 125 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar