Xayvon so‘yishda bismillax esdan chiqsa

Assalomu alaykum! Men bir quyon so‘yishdan oldin bismillax deyishni unitibman so‘yib bo‘lishim bilan esimga keldi va Allohdan kechirim so‘rab buni menga xalol qilib berishini duo qildim va Fotixa surasini o‘qidim u go‘shtdan ozgina edim ammo ko‘nglim xijil. Uni esam bo‘ladimi? Tortayapti tashlab yuboray desam uvol. Nima qilishni maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qasdan tark etmasdan unutgan bo‘lsangiz, halol bo‘ladi. So‘yishda Alloh ismini zikr qilish bayoni Hayvonni so‘yishda "basmala" aytish qasddan tark qilinsa, so‘yilgan hayvon o‘limtik hukmida bo‘lib qoladi. "Basmala"ni tark qilishdagi hukmda musulmon va ahli kitob barobardir.So‘yishga qudrati etgan va hayvonni so‘yish bilan halol qilinishiga aqli etgan yosh bolaning, majnunning, mastning va ayol kishining so‘ygan hayvonlari halol hisoblanadi. Agar yosh bolaning, majnunning va boshqalarning so‘yishga va “basmala” aytishga aqli etmasa halol bo‘lmaydi. Ammo unutgan holda "basmala" aytilmasdan so‘yilgan hayvon haloldir.عن ثوبان رُفِعَ عَنْ أُمَّتِي الْخَطَأُ وَالنِّسْيَانُ الطبرانى"Ummatimdan xato va unitish ko‘tarildi." Tobaroniy rivoyati. Basmala aytish vaqti Basmala aytish vaqti so‘yish vaqtidir. Agar basmala aytgandan so‘ng boshqa bir amalga kirishsa, kirishgan amali suv ichishga o‘xshash yo biror insonga javob berishga o‘xshash oz bo‘lsa, basmalaga xalal bermaydi va so‘yilgan hayvon halol bo‘ladi. Agar basmaladan keyingi amali ko‘payib ketsa, yani tahorat miqdoricha cho‘zilsa halol bo‘lmay qoladi. Yotqizilgan qo‘yga basmala aytilsa, so‘ngra qo‘y o‘rnidan turib ketib bir muddatdan so‘ngra yana o‘sha qo‘yni so‘yish uchun yotqizilsa, halol bo‘lishi uchun basmalani yana aytish shart bo‘lib qoladi. Hayvonni so‘yish oldidan aytilgan basmala shu so‘yilayotgan hayvonga xos bo‘ladi. Ov qilishda esa ovning asbobiga xos bo‘ladi. Shunga ko‘ra bir qo‘y yotqizilib unga basmala aytilsa, so‘ngra o‘sha basmala bilan boshqa qo‘y so‘yilsa halol bo‘lmaydi. Ammo basmala aytib nishonga olgan ov asbobi bilan nishonidan boshqa ovni ovlasa ham hayvon halol bo‘ladi. Agar qassob bir qo‘yni yotqizib basmala aytsa so‘ngra qo‘lidagi pichoqni qo‘yib boshqa pichoq bilan so‘ysa halol bo‘ladi. Chunki bayon qilinganidek basmala so‘yish asbobiga emas balki, so‘yiladigan hayvonga aytiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar