Mashina ichida namoz o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bozorda savdo qilaman. Bozor tong 4 dan 7 gacha bo‘ladi. Shu vaqt oralig‘ida bomdod namozi kiradi. Shu namozni mashinada o‘qiyman. Ammo namozning 2 ta farzini to‘liq ado eta olaman, ya’ni ruku va sajdani. Lekin qiyom ado bo‘lmaydi. Mashinaning o‘rindig‘ini surib ruku va sajda qila olaman. Shunda namozim ado etilgan bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ado etgan bo‘lmaysiz. Necha marta shunday namoz o‘qigan bo‘lsangiz, hammasini qayta o‘qishingiz farz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 05:25 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar