Sinov muddati

Assalomu alaykum! Ishga qabul qilishda xodimga sinov muddati (3-4 kun) belgilanib, shu muddatda sinovdan o‘tsa ishga qabul qilinishi, o‘tolmasa qabul qilinmasligi va ish xaqi xisoblanmasligi kelishib olingan. Ammo xodim sinovdan o‘tolmadi va ishlagan kuniga xaq so‘radi. Dinimiz bu xolatda qanday ko‘rsatma beradi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sinov muddatida ham mehnat qiladimi? Shunga yarasha haqqini berish lozim. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar