Iymonda vasvasa qay holatda odam murtad bo‘ladi

Assalomu alaykum! Menda iymonimga vasvasa bo‘lyabdi Alloh haqida vasvasa bo‘lyabdi, a’uzubillahi ni kop aytsam an nas surasini o‘qisam kiyin la ilaha ilalloh desam Allohni borligini qalbim zavqlanib his qilaman, inkor qilmaganman hech qachon qilmayman ham inshaalloh iymonimdan ayrilib qolishdan qo‘rqyabman, savolim shunday banda qanday hayol yoki holat bilan murtad, kofir bo‘ladi, faqat farz namoziga niyat qilaversam vasvasa boshlanadi Alloh qalbingda emasku Allohni borligini o‘zi aniq his qilasanmi iymonsiz namoz o‘qimoqchimisan Avval Allohni yana qayta qalbda his qilvol borligini murtad bo‘lgandirsan iymon keltirvol degan hayol bor, kiyin men a’uzubillahi ni ko‘p aytaman an nas surasini qayta aytaman la havla va la quvvata illa billahni kop aytaman kiyin la ilaha ilalloh diyman Allohni qudratini meni korib turgani his qilaman va 《biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz》 degan oyat hayolimga kelib Alloh o‘ta meni kuzatib turganini his qilib zavqlanib ong bilan his qilaman shu ho‘latni va Muhammadur rosululloh da ham rosulullohga aqllan qalban misol keltirib iymon keltiraman, siyratdagi bir poshshoni payg‘ambarimiz haqida savol javob qilgan so‘zini 《uni biror marta yolg‘on gapirganiga guvoh bo‘lganmisizlar desa yo‘q desa, oddiy masalada yolg‘on ishlatmagan odam iloh masalasida yolg‘on gapirmaydi 》 degan gaplarini hayolan qaytarib Muhammadur rosululloh diyman, va hech qancha sonya o‘tmay namozga kirish uchub qo‘limni takbir aytishga kotarganimdan yana tepadagi vasvasa qaytariladi, murtad bo‘ldimmi deb qayta qayta shu holat bilan uzoq qolib ketyabman, iltimos iymondan chiqib kirib yurganim yoqmi iymondan ajralishni hohlamiman murtad bo‘lmayabmanmi, hamma vasvasani bir chetga surib men musulmonman deb Namozni boshlab oqib ketsam bo‘lmaydimi dindan chiqib qolmayabmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Modomiki kufr kalimasini tiliga chiqarmas va e’tiqod qilmas ekan, ichida bo‘layotgan vasvasa va turli xayollar tufayli dindan chiqib qolmaydi. Siz bunday vasvasalarga e’tibor qilmang. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:11 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar