Qarz olib ortiqchasi bilan qaytarish

Assalomu alaykum! Ustoz bir tolibi ilm ayttiki faqat xolis Alloh uchun qarz bergan bo‘lsa keyin qarzini berayotgan odam raxmat sizga ancha ishimmi engillatib berdiz dip sovg‘a sifatida narsa bersa olsa bo‘ladi dedi va bunga dalil qib bir arobiy Payg‘ambarimiz alayhissalomni yonlariga kelib dag‘allik bilan qarzingni ber dipti shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom saxobalarga xuddi shunga o‘xshash tuya beringlar deganida unaqasi yoq ekan faqat undan yaxshirogi bor ekan shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom yaxshisini beringlar biz yaxshiroq qib qaytarib berishga xaqlimiz degan ekanlar shuni qanday chunsak togri boladi Alloh rozi bolsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalida ko‘paytirib berishni kelishmagan bo‘lsa yoki qarz beruvchi odatda foizga pul beradigan sudxo‘r bo‘lmasa joiz. القرض جائز بالسنة والإجماع، فإن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ استقرض بكراً من الإبل، ورد جملاً خياراً، وقال:« إن من خير الناس أحسنهم قضاء» رواه البخاري Qarz berish sunnat va ijmo’ bilan sobit bo‘lgan, chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam urg‘ochi tuyani qarzga olib, evaziga yaxshi erkak tuya berganlar va «Odamlarning yaxshisi qarzini chiroyli tarzda ado qiluvchisidir», deganlar. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar