Dekan pul so‘ramoqda

Assalomu alaykum! Bir g‘alati xolatga tushib qoldim. Men oliy o‘quv yurt talabasiman. O‘tg‘an yili to‘lov shartnoma pulini to‘lay ololmaganim uchun talabalar safidan chetlatilgan edim. Bu yili qayta tikkaladim va menga o‘xshagan 9 nafar talabalar bor. Bizga dekan kirib “senlar o‘qishni sentyabrdan boshlamagansanlar, senlarga xich qaysi o‘qituvchi baxo qo‘ymaydi, yuz ming so‘mdan pul berishsang yordam beraman” deyabdi. Hamma norizo bo‘ldi, pora bersak harom bermasak qoldirib yuboradi. Agar huquqni muxofaza qiluvchi organga aytsak bir paytlar bizga ustozlik qilgan insonga jabr qilgan bo‘lmaymizmi? Iltimos maslaxatingizga muxtojmiz. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz shariat aytgan pora berish harom degan narsani bilamiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar