Plastik kartochka orqali savdo qilish

Assalomu alaykum! Alloh taolo rahmatli Ustozimizni O‘z rahmatiga olsin va sizlarning olib borayotgan ishlaringizga O‘zi madadkor bo‘lsin. Molni plastik kartochka orqali qimmatroq sotib, so‘ng pulni naqdlashtirish mol sotuvchi va pulni naqdlashtirgan odam uchun ribo bo‘lishini bilib oldik. (https://savollar.islom.uz/savol-4923/). Savolimiz quyidagicha. Bu holatda, ya’ni tovar nakd pulga arzonroq va plastikka qimmatroq savdo qilinganda va tovar sotuvchi bu farqni naqdlashtirish xarajatlari deb aytganda, tovar sotib oluvchi ushbu ustamaga rozi bo‘lib tovar sotib olsa, u ham riboga sherik bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nasiya bilan naqdning farqi bo‘lganidek, hozirgi kunimizda naqd pulga sotib olish bilan plastikka sotib olishning ham farqi bor. Buni inkor qila olmaymiz. U ribo bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 119 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar