Oyog‘imdagi dardim

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni oyog‘imda ancha yillardan beri tuzalmay kelayayotgan bir dard bor. Xozircha davosi topilmayapti, oxirgi borgan tabib tuzalguncha oyog‘izga suv tekkizmay turing dedi. Bir imom domladan so‘rasam tuzalguncha oyog‘izni o‘ziga masx tortib namoz o‘qib tursangiz bo‘ladi dedi. Endi men xar namozga aloxida taxorat olamanmi yoki bir taxorat bilan bir necha namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har namozga tahorat olish shart emas. Tahorat singunicha o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 153 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar