Kalbasa pishirilgan moyda boshqa ovqat tayyorlash
Assalomu alaykum! Men kolbasa, sosiska va shunga o‘xshash narsalar garchi halol deb yozilgan bo‘lsa ham emayman. Ularni harom deyishga haqqim yo‘q, shunchaki negadir baribir ichimda shubha yotadi. Lekin men yashaydigan joyda bolalar kolbasa eyishadi. Halol deb yozilganini. Ba’zida ahamiyat bermasdan boshqa xilini ham olishayveradi. Ular moyda qovurib eyishadi. Mening savolim o‘sha kolbasa pishirilgan moyda boshqa taom tayyorlab esam bo‘ladimi? Har doim ham u moyni boshqa idishga olib, boshqa moy solishga imkon bo‘lmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halolligini aniq bilmasangiz, shubhalansangiz boshqa yog‘ni ishlating. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ رواه النسائيHasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq hotirjamlik, kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman".
Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom