Namozdagi joy pokligi

Assalomu alaykum! Ustozlar, biz do‘stlarim bilan ustachilik qilamiz. Bazi joylarda joynamoz kamlik qiladi, erdagi gilamlar pok yoki nopokligini bilmaymiz. Shunda bor joynamozni oyog‘imiz tagiga solamizmi yoki sajda qiladigan joyimizgami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joynamoz bo‘lishi shart emas. Pokiza biror narsa bo‘lsa ham bo‘ladi. Karton, taxta, faner kabi pok narsalar ham bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar