Do‘stimdan olgan shiferni qaytarish

Assalomu alaykum! Men qurilish qilganimda tom yopishim uchun 33 ta shifer etmay qolib, do‘stim o‘zini qurilishi uchun olib qo‘ygan 40 ta shiferdan 33 tasini olib, qurilish qilganingda shu 33 tani olib beraman, dedim. Rozi bo‘ldi. Endi uning qurilishi uchun 52 ta shifer kerakligini ustalar hisoblashdi. Men do‘stimning 33 ta shiferini olib berib, ustiga etmayotgan 12 ta shiferni ham yordam tariqasida olib berishimni, ja’mi 45 ta shifer berishimni, lekin bu foyda ko‘rishi uchunmas, men unga yordam tariqasida qilayotganimni aytdim. Chunki u vaqtlar qo‘lim qisqalik qilganida bergan yordami uchun, u ham qiynalgan vaqtida yordam bermoqchiman. Bu ishimiz sudxo‘rlikka sabab bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sudxo‘rlikka kirmaydi. Bu qarzni chiroyli ado qilishga kiradi. Albatta boshida shunday qilib berishni shart qilinmagan bo‘lsa. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar