Tamg‘a bilan

Assalomu alaykum! Man Oltin silsila kitobida do‘zaxiylar hayot dengizida cho‘milib chiqishini o‘qiganman, lekin hadisda chandr yoki tamg‘a uriladi va jannatga kiritiladi deyilmagan. Ko‘pchilikni fikricha do‘zaxiylar tamg‘a bilan kirishini tasdiqlashadi, sababi kitoblarda o‘qishgan ekan. Tamg‘a yoki biror belgi bilan kirishligi sahih hadislarda kelganmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qiyomat kuni mo‘minlardan ba’zilarini do‘zaxga tashlanadi. Ular Alloh iroda qilganicha azoblanadilar, so‘ng ularni peshonalarida “jahannamiylar” degan tamg‘a bilan Alloh ularni rahmati ila jannatga kirgazadi – degan ma’noda hadis bor. Lekin bu hadis imom Buxoriy va imom Muslimlar shartlariga tushadigan darajada emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar