Ro‘za tutish makruh bo‘lgan kunlar

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Iyd kunlaridan tashqari ham nafl ro‘za tutish makruh bo‘lgan kunlar bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Harom ro‘za. Bu turdagi ro‘zani hanafiylar: makruhi tahrimiy ham deydilar. Bunday ro‘zalar bir necha xildir: 1. Ayol kishining erining iznisiz yoki roziligini bilmay turib nafl ro‘za tutishi. 2. Shak kuni ro‘za tutish. 3. Ro‘za hayiti kuni, Qurbon hayiti kuni va undan keyingi uch kunning ro‘zasini tutish. 4. Hayzli va nifosli ayolning ro‘za tutishi. 5. Ro‘za tutsa halok bo‘lishini bilib turib ro‘za tutgan odamning ro‘zasi.

1 May 2022, 07:11 | Savol-javoblar | 182 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar