Ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi munosabat haqida savol
Assalamu alaykum wr wb! Bir inson savdo sotiq bilan shug‘ullanishga ishga kirdi, ishga olgan odam ishchini ishlatdi, unga ishonch bildirdi, va o‘zi ishga kelmay savdo sotiq bilan shug‘ullanishni o‘sha ishchisiga topshirib qo‘ydi, oyiga belgiangan miqdorda maosh to‘lab turdi. Ishchi vaqt o‘tib bu ish unga to‘g‘ri kelmagani va boshqa ishga o‘tmoqchiligini bildirdi va ish beruvchiga 1 oy ichida o‘rniga boshqa ishchi topishi uchun vaqt berib ishdan ketmadi, sotuvchilikni davom ettirdi. 1 oy o‘tgandan keyin haligi ishchi kimlar bilan oldi berdi qilganlari ro‘yhati, brak tovarlar ro‘yhati, qarzdorlar va pul berilishi keraklar ro‘yhatini tuzib ish beruvchiga topshirdi, o‘zi esa yangi ishga o‘tib ketdi. Ish beruvchi ishlab turgan joyini va u erdagi mollarini boshqa bir insonga sotdi, ya‘ni ish beruvchilik faoliyatini to‘htatdi, qilingan hisob kitobda savdodan zarar ko‘rganligi ma‘lum bo‘ldi. Ishchiga oylik maoshini bermadi hamda qarzdorlar va pul berilishi kerak bo‘lganlarni bo‘shab ketgan ishchiga qayta topshirdi, ya‘ni pul berilishi kerak bo‘lganlarga brak tovarlarni pullab va qarzdorlardan qarzlarini olib ularga topshirish vazifasini qayta topshirdi. Ishchi yangi ishlayotgan joyidan vaqti bo‘lmay chiqolmay pul berilishi kk bo‘lgan mol beruvchilarga pullari etkazilishi cho‘zilib ketyapti, hamda ohirgi oylik olmagandan tashqari ma‘lum qarzdorlar va brak tovarlarning pulini ishchidan talab qilyapti. Iltimos shu muomalotdahi hukmlarni, kim qanday ish tutishi lozimligini shariatda qanday huquqlariga egaligini oyat hadislar bn aniqlashtirib bering! Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunga o‘xshash ikki tarafning nizosiga oid ishlar taraflarning ishtirokida va jonli majlisda hal qilinadi.
1 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 148 | Boshqa ibodatlar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunga o‘xshash ikki tarafning nizosiga oid ishlar taraflarning ishtirokida va jonli majlisda hal qilinadi.
1 May 2022, 07:33 | Savol-javoblar | 148 | Boshqa ibodatlar