Mushuk bolasi kasal
Assalomu alaykum! Uyimizdagi mushugimiz dumi kalta mushuk tug‘di (ehtimol mutatsiyaga uchragan) 1,5 oyligida orqasini eshik qisib qolib, jarohat olgan. Doktorga qaratdik, yurib ketdi ammo katta va kichik hojatni boshqa mushuklarga o‘xshab ko‘mib qo‘ymasdan, duch kelgan joyga qilib ketyapti (ya’ni a’zolari shikastlangan, o‘zi sezmayapti). Qimmat vitaminli ovqatlarni berib boqdik, tuzalmadi. Birovga bergandik uyimizga qayta tashlab ketdi. Rahmimiz kelyapti lekin ko‘p joylarni najosat qilyapti. Shuni endi biz ham, u ham qiynalmasligimiz uchun evtanaziya (og‘riq bermasdan o‘ldirish) qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Uyingizdan uzoqroq joyga olib borib, qo‘yib yuboringlar. Vallohu a’lam!
5 Oktabr 2023, 19:09 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Uyingizdan uzoqroq joyga olib borib, qo‘yib yuboringlar. Vallohu a’lam!
5 Oktabr 2023, 19:09 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar