Marhumani tug‘ilgan kunida tilovat qilish
Assalomu alaykum! Marhumani tug‘ilgan kunlarida Qur’on tilovat qilib qo‘shnilarga osh tarqatib, tilivot qiling deb marhumani ruhini shod etishga shariat qanday qaraydi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida ehson qilish, tilovat Qur’on qilish, mag‘firatlarini so‘rab duo qilish va savoblarni bag‘ishlash shariatimizda targ‘ib qilingan ishlardandir. Marhumlar botqoqqa botgan, onasi emish keltirishini kutib turgan polaponlar kabi ojiz va muhtoj bo‘ladilar. Ularning haqqiga ehson va tilovati Qur’on qilishni farzandlar kunlik vazifamiz qilib olishimiz kerak. Ehsonning katta yoki kichigi bo‘lmaydi, hatto yo‘lda turgan toshni chetga surib, o‘tgan-ketganga salom berib savobini bag‘ishlash ham ehson hisoblanadi. Aslida bular holis riyosiz bo‘lgani uchun ehsonni qilib faxrlanadiganlaridan afzaldir. Tug‘ilgan kunni, vafot topgan kunni payshanba, hayit necha yilligini yoki necha yoshga kirganini belgilab ehson qilish bid’atdir. Bu kimlarnidir “hech bo‘lmasa shuni qilgin” qabilidagi maslahati bo‘lgan bo‘lsa kerak. Buni tark qilish vojib. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 08:10 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar