She’rda aqiydaga zid

Assalomu alaykum! Men bir shoirimizning she’rida aqiydaga to‘g‘ri kelmaydigan jumlani topdim va xabar berdim. Afsuski u to‘g‘ri tushunmadi va o‘zgartirishni rad etdi. Shunga siz ustozlardan shu jumlalarda tushintirish berishingizni xohlayman muallifga etkazish uchun. Mazlumning ustidan kulma ey nodon, Sen qanday muslimsan, qandayin inson, Bir yoning jahannam, bir yoning jannat, "Chap elkangda shayton, o‘ngida Rahmon."* Muallifi:*
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar chap tomondagi shaytondan majoz nazarda tutilgan bo‘lsa buni zarari yo‘q. Elkadagi farishtani iroda qilmagan bo‘lsa bo‘ldi. Rahmondan murod o‘ng elkada Alloh taolo turadi degan bo‘lsa bu e’tiqod mutlaqo noto‘g‘ri, agar bundan maqsad Rahmonning farishtasini ko‘zlagan bo‘lsa, majozan joiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 167 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar