Taloq tushmasligi uchun
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar https://savollar.islom.uz/savol/149193 quyidagi linkdan bir erkak ayoli bilan noo‘rin xazillashib nikoxiga putir etib qayta nikoxlanishkanini tushundim! Bunday xolatda taloq tushadimi? Shunday axmoqona xazillar soni 3 taga etsa xukmi xam 3 taloqday bo‘ladimi?
2). Ayolimni agar menga xiyonat qilsang, begona erkakning qo‘li sening tanangga tegsa begona erkak bilan ko‘p vaqt suxbatlashsang, hatto men tomondagi va sen tomondagi erkak qarindoshlar bilan noshar’iy masalalarda ko‘p vaqt suxbatlashsang, mendan bilishim kerak bo‘lgan narsani berkitsang men sendan norozi bo‘laman taloq bo‘lasan deb qo‘ygan bo‘lsam, yuqorida aytgan gaplarimdan birontasi xali bo‘lmagan bo‘lsa men uni o‘zgartirishim va o‘rtaga taloq tushmaydigan xolatni (vaziatni) qilishm mumkinmi? masalan zarurat yuzasidan (ayol doktor topa olmasak) erkak doktor ayolimni tekshirish maqsadida tanasiga tegishi mumkinligini, xar xil yig‘inlarda bo‘lib qolgan vaqtimizda ayolimga erkak qarindoshlar yaxshisan tuzumisan shu kabi xol axvol so‘rashlar yoki bo‘lmasam men aytgan shartlarni bandalik qilib unutib qo‘yishi yoki qo‘rqqanidan, esidan chiqarib qo‘yganidanmi men bilshim kerak bo‘lgan masalani menga aytmay qolishi mumkunligini o‘ylab shartimni o‘zgartirib aytmoqchiman. Buni iloji bormi? Bo‘lsa qanday qilib taloq tushmaydigan qilib qaytaray? O‘zgartirmoqchi bo‘lgan shartlarimda joxillik qilganmanmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hazillar soni va holati aniq bayon qilinishi kerak. Goh o‘rinda nikoh uzilishining sababi taloqdan boshqa narsa ham bo‘ladi. Masalan kufr ishni qilib yoki so‘zni aytish qo‘ygan bo‘ladi. Bunda nikoh uzilsada taloq tushmaydi. Shuning uchun har bir holat o‘z hukmi bo‘ladi. Qaytib olishning iloji yo‘q. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush