Shunday qilishi to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum! Hozirda ba’zi bir erkaklar zino kinolarni ko‘rib, undagi uyatli harakatlarni ayolidan talab qilishadi. Shu mumkinmi? Agar bu talabga ayoli rad javobini bersa, jahl qilib so‘kinishi, norizo bo‘lishi mumkinmi? Iltimos imomlarimiz ham shu haqida juma maruzalarida gapirsalar. Chunki bu juda ommalashib ketmoqda. Erkaklarni chiroyli tarbiyaga chakirish kerak. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unday kinolardagi narsani talab qilish u yoqda tursin hatto ko‘rish harom. Bunday holatda yaxshilab, chiroyli yo‘llar bilan nasihat qilish kerak. وربما كان أسوأ من الدبر: وضع الذكر في فم المرأة ونحوه، مما جاءنا من شذوذ الغربيين، فيكون ذلك حراماً لثبوت ضرره وقبحه شرعاً وذوقاً Ayolining duburi (orqasi)ga jinsiy aloqa qilishdan ham yomonroq narsa – er zakarini (jinsiy a’zosini) ayolining og‘ziga qo‘yishidir. Bu (yaramas) ish biz (musulmonlar)ga g‘arbdan kirib kelgan bo‘lib, shariat jihatidan ham, did jihatidan ham zararli va jirkanch bo‘lgani uchun harom bo‘ladi!
(Doktor Vahba Zuhayliy, “Al-fiqhul islomiy va adillatuhu”, 4-juz, 191-bet, ettinchi bob, “Al-hazru val-iboha” (ta’qiq va ruxsat) bobi, 4-mabhas, “Al-vat’u va ahkomuhu” (jinsiy aloqa va uning hukmlari). Vallohu a’lam! [url=https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=20883.0https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=20883.0[/url]

1 May 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 202 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar