Voyaga etmagan qizlarni nikohlash
Assalomu alaykum! Islomda qizlarni juda erta berish ruxsat berilgan. Oysha onamiz roziyallohu anho ham 9 yoshlarida uzatildilar. Ayrim musulmon davlatlarda qizlarni 9 yoshidan uzatish ruxsati bor. Shu haqida ma’lumot bersangiz. Hozirgi kunda bolalar huquqlarini ximoya qilish qonunlariga mutloq to‘g‘ri kelmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunga 1000 yilga qaytishning hojati yo‘q. Hozirdagi insonlarning aksar qismi 100 yil avval 11-12 yoshida turmushga chiqqan ayollarning farzandlaridir. Hozirga kelib atrof muhit buzilgani uchun tibbiyot aksar ayollarda bu yoshda farzand ko‘rishni zararli deyishmoqda. Tarixga nazar solsangiz musulmonlardan boshqa xalqlarda ham ayollar shu yoshlarida turmush qurib farzandli bo‘lganlar. Bu narsa iqlimga bog‘liq ekanligi hech kimga sir emas. O‘sha vaqtlarda ularning urflari ham shunday bo‘lgan. Bir vaqtlar butun dunyoda qon ko‘payish kasalligi keng tarqalgan bo‘lib, odamlar tez-tez qon oldirishga majbur bo‘lganlar. Hozirgi kunga kelib, qon kamayish kasalligiga mubtalo bo‘ldi. Fuqaholar bu narsa tibbiyotga bog‘liq bo‘lib, zararli bo‘lsa qilmaslikka fatvo beradi. NIKOH Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Xadiyja onamizdan ajrab, yolg‘iz qolishlari o‘sha paytdagi barcha musulmonlarni tashvishga solgan edi. Ular Payg‘ambarimizdan bu musibatni qanday aritishni yoxud engillatishni o‘ylar edilar. Ayniqsa, bunga o‘xshash holatlarni avvaldan ko‘rib, muolaja qilib yurgan tajribali ayollar tezroq chora topishga harakat qilar edilar. Mo‘mina ayollar ichida solihaligi va fozilaligi bilan ajralib turadigan Havla binti Hakiym roziyallohu anho bu haqda u zotning o‘zlariga gap ochishga jur’at etdi: «Ey Allohning Rasuli, uylansangiz bo‘larmidi?» dedi. «Kimga?» dedilar u zot. «Qiz xohlaysizmi, juvonmi?» dedi. «Qiz kimu, juvon kim?» dedilar. «Qiz Oisha binti Abu Bakr, juvon Savda binti Zam’a», dedi Havla binti Hakiym. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Oisha roziyallohu anhoga nisbatan o‘zlarigagina ma’lum sirlari bor edi. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: أُرِيتُكِ فِي الْمَنَامِ ثَلَاثَ لَيَالٍ، جَاءَنِي بِكِ الْمَلَكُ فِي سَرَقَةٍ مِنْ حَرِيرٍ فَيَقُولُ: هَذِهِ امْرَأَتُكَ، فَأَكْشِفُ عَنْ وَجْهِكِ فَإِذَا أَنْتِ هِيَ، فَأَقُولُ إِنْ يَكُ هَذَا مِنْ عِنْدِ اللهِ يُمْضِهِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: جَاءَ جِبْرِيلُ لِلنَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بِصُورَةِ عَائِشَةَ فِي خِرْقَةِ حَرِيرٍ خَضْرَاءَ فَقَالَ: إِنَّ هَذِهِ زَوْجَتُكَ فِي الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga uch kecha tushimda ko‘rsatilding. Farishta seni menga yashil harir matoga solib, olib kelar va «Mana shu sening ayoling», der edi. Yuzingni ochsam, sen bo‘lar eding. O‘zimcha «Agar bu Allohning O‘zidan bo‘lgan bo‘lsa, tushimni o‘ngidan keltirar», der edim». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Termiziyning lafzi: «Jabroil Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yashil harir matoda Oishaning suratini olib keldi va «Bu sening bu dunyo va oxiratdagi zavjang», dedi». Ana shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam darhol rozi bo‘lib, Havla binti Hakiymdan o‘z nomlaridan Oisha onamiz roziyallohu anhoga sovchi bo‘lishini iltimos qildilar. Keyin nima bo‘lganini imom Tobariy Havla binti Hakiymdan quyidagicha rivoyat qiladilar: «Abu Bakrning uyiga kirib, Oishaning onasi Ummu Ruvmonni ko‘rdim. Men unga: «Hoy Ummu Ruvmon! Alloh sizlarga xayru barakani ravo ko‘rib qoldi!» dedim. «U nima ekan?!» dedi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Oishaga sovchi qilib yubordilar!» dedim. «Ko‘nglimdagi ish bo‘libdi. Bir oz kutib tur. Hozir Abu Bakr ham kelib qoladi», dedi. Abu Bakr ham keldi. Men unga: «Hoy Abu Bakr! Alloh sizlarga xayru barakani ravo ko‘rib qoldi! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Oishaga sovchi qilib yubordilar!» dedim. U o‘zining Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan bo‘lgan holatlarini esladi va: «Bu u zotga to‘g‘ri kelarmikan? Axir birodarining qizi?» dedi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga qaytib borib, haligi gapni aytdim. U zot buni eshitib: «Uning oldiga qaytib bor va «Sen mening Islomdagi birodarimsan, men ham sening birodaringman, qizing menga to‘g‘ri keladi», demoqdalar», degin», dedilar. Men Abu Bakrning oldiga kelib, bor gapni aytdim. «Meni kutib tur. Hozir kelaman», dedi u. Ummu Ruvmon gap nimada ekanini ravshanlashtirish uchun: «Mut’im ibn Adiy Oishani o‘g‘li Jubayrga so‘ragan edi. Allohga qasamki, Abu Bakr bergan va’dasiga zinhor xilof qilmaydi», dedi. Abu Bakr Mut’imning oldiga kirganda uning xotini (Murika) Ummu Jubayr ham birga o‘tirgan ekan. Kampir birdan so‘zga kirdi: «Ey Abu Quhofaning o‘g‘li! Biz sening qizingni o‘g‘limizga olib bersak, hali uni o‘zingning diningga kiritib, murtad ham qilarsan?!» dedi. Abu Bakr ayolga hech narsa demadi. Uning eri Mut’imga qarab: «Bu nima demoqda?» dedi. «U o‘zing eshitgan gapni aytmoqda!» dedi. Abu Bakr u erdan va’dasiga xilof qilmasdan, Allohning o‘zi ishini o‘nglab qo‘yganidan mamnun bo‘lib, chiqdi. U tezda uyiga qaytdi va Havlaga: «Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni chaqirib kel», dedi. Havla u zotni chaqirib keldi. Abu Bakr u zotga Oishani nikohlab qo‘ydi. U o‘sha vaqtda olti yoki etti yoshda edi». U kishining mahrlari besh yuz dirham bo‘lganligi ham zikr qilinadi. Hozirda qiz bolani bunchalik yosh paytida erga berishni hech kim xayoliga sig‘dira olmaydi. Ba’zi bir dushmanlar esa buni dinga, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga qarshi ishlatishga harakat qiladilar. Ammo ikki taraf ham o‘sha vaqtning sharoitiga, urf-odatiga va boshqa omillarga nazar solishni o‘ylab ham ko‘rmaydi. Ha, bu ish o‘sha paytning odati edi. Yosh turib nikohlangan qiz faqat Oisha onamiz emas edilar. Balki u vaqtlarda aksari qizlar xuddi shu tariqa uzatilar edilar. Yosh qizga uylanish faqat u zotga tegishli bo‘lmay, balki u paytda ko‘pchilik shunday qilar edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan oldin Mut’imning oilasi Oisha onamizga sovchi qo‘ygani ham bunga dalildir. Qolaversa, bu to‘la ma’nodagi oila qurish emas, balki unashtirib qo‘yishdek bir gap edi. Nikohdan so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizni uylariga olib ketmaganlar, aksincha, Oisha onamiz ma’lum muddatgacha ota-onasi bilan qolib, avvalgidek yashayverganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 08:31 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush