Bilmasdan qilingan gunohlar

Assalomu alaykum! Islomda bilmay qilingan gunohga gunoh yozilmaydi deb eshitganman. Agar shunaqa bo‘lsa, oilasida umuman islomiy tarbiya olmagan, zinoni harom ekanligini bilmagan insonlarni oxiratdagi savol javobi oson bo‘ladi deganimi bu? Axir ular amallari gunohligini bilmaydiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Islomda bilmay kilingan gunohga gunoh yozilmaydi” deyilgan gapni ma’nosi Islom dini umuman etib bormagan joylarga oiddir. Vaholanki dunyoda Islom etib bormagan biror joy yo‘q. Bilishga imkoniyati bo‘lib turib bilmaslik bilan bilib turib amal qilmaslik barobardir. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:13 | Savol-javoblar | 170 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar