Zakot berish vojibmi
Assalomu alaykum! Mening hojaynim fermer. Biz qaynona qaynotam bir qaynim oilasi bilan birgalikda turamiz. Mol mulk o‘rtada. Bizning bizning yillik daromadimiz 300 milliondan oshadi harajatlari bilan birgalikda harajati ham katta albatta. Uyda 1 ta damas 3 ta traktorimiz 100dan ziyod qo‘ylarimiz 10dan oshiq qoramol va yana bitta yuk yuk moshinamiz bor uni ijaraga berganmiz faqat haq olmaymiz. Lekin hozir naqt pulimiz yo‘q. Ekin harajatlariga katta miqtorda pul ketadi. Bizning oilada zakot degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Diniy bilim ham. Alhamdulillah men qaynonam ovsinim namoz o‘qiymiz. Lekin erkaklarimiz umuman dindan yiroq kishilar. Turmush o‘rtog‘im endi endi Alloh qodir qilganicha o‘rganmoqda. Biz mana shu mol mulklardan qancha zakot berishimiz kerak iltimos befarq bo‘lmay javob bersalaringiz men uchun bu juda muhim. Ho‘jaynimga isboti dalil uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz xonadoningizdagi jami mol-mulkni sanab beribsiz xolos. Ularning egalari, qanday niyatda sotib olingani, jonivorlar qanday boqilishi kabi muhim tafsilotlarni yozmabsiz. Zakot hisoblash shularga bog‘liq. O‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 14:23 | Savol-javoblar | 156 | Zakot