Aksi urganda (xuchkirganda)

Assalomu alaykum! 1) Bir do‘stim aksi urganda (xuchkirganda) ko‘p xolatda "Alxamdu Lillaxi Robbil-a’lamiyn" deyish kerak, so‘ngra men "Yarxamakulloxi" yoki "Yarxamakulloxi va yashfika" deyman desam, u ichimda aytaman deydi. Agar u aksi urganda "Alxamdu Lillaxi Robbil-a’lamiyn" kalimasini ichida aytsa yoki umuman aytmasa xam men "Yarxamakulloxi" yoki "Yarxamakulloxi va yashfika" kalimasini unga aytsam bo‘ladimi? 2)"Yarxamakulloxi" yoki "Yarxamakulloxi va yashfika" kalimasining ma’nosi nimani anglatadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aytsangiz bo‘ladi, lekin vojib emas. Ya’ni aytmasangiz vojibni tark qilgan bo‘lmaysiz. Yarxamakulloxi  deyish uch bor aksa urguncha aytiladi. Undan ko‘payib ketsa, aytish vojib emas. Ma’nosi Alloh senga rahm qilsin, shifo bersin. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar