Duo qilish tartibi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, musulmon odam boshqa din vakillarini, osiylarni gunohlarini kechirishini so‘rab Alloh taologa duo qilish mumkin emas deb eshitgandim. Mani onam nomoz o‘qimaydila, namoz o‘qishlariga yumshoqlik bilan chaqiryabman va onamda o‘zgarishlar ham bo‘lmoqda! Onamni gunohlarini kechirilishini so‘rab duo qilay desam Alloh taolodan qurqib duo qilmayman va Alloh taolodan onamga iymon so‘rab duo qilaman. Savolim shundaki Onaizorimning gunohlarini kechirilishini surab duo qilsam man gunohkor bo‘lib, Alloh taoloni qahrini keltirib iymonimdan ayrilib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz boshqa din vakili bilan onangizni teng qilmangda. Alloh taolo O‘zining kalomida duo qilishga buyurgan. Ota-onangiz haqlarida tinimsiz duoda bo‘lishingiz lozim. وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا 24. Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin», – deb ayt. Farzand ota-onaning huzurida o‘zini qanchalik xokisor tutsa, shunchalik yaxshi. U butun mehrini xokisorlik ila ota-onasiga poyandoz qilsa ham oz. Shu bilan birga, doimo ularga Alloh taolodan rahm-shafqat tilab, duo qilib turishi lozim. Ota-onani hurmatlash, e’zozlash masalasida hech bir tuzum yoki tarbiya vositasi Islomga teng ham, yaqin ham kela olmaydi. Ota-onaning hurmati, farzand ustidagi haqqi to‘g‘risidagi oyatlar va hadislar bu borada dunyo tarixida misli ko‘rilmagan oliymaqom narsalar ekani ma’lum va mashhurdir. Xususan, bu oyat va hadislarni, ilohiy ko‘rsatmalar va islomiy hikmatlarni hayotga tatbiq qilgan musulmonlarning ota-onalariga ko‘rsatgan yuksak ehtiromlari va fidoyiliklariga tarix shohiddir. Hofiz Abu Bakr Bazzor Burayda roziyallohu anhudan, u kishi o‘z otalaridan qilgan rivoyatda quyidagilar keltiriladi: «Bir odam ziyoratda onasini ko‘tarib yurib, tavof qildirayotgan ekan. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: – Onamning haqqini ado qildimmi? – deb so‘rabdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: – Yo‘q, bir oh tortishining haqqini ham ado qilganing yo‘q, – degan ekanlar». (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
1 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 242 | Duolar