Qabristonga borganda

Assalomu alaykum! Biz ko‘pincha qabristonga borganda odamlarni o‘z yaqini qabri boshida tilovat qilib suhbatlashyotganini ko‘ramiz. Ya’ni tilovat qilib bo‘lib, kimdir marhumga rahmatini yana kimdir sog‘inganini, yana shunga o‘xshash gaplarni aytayotganini ko‘ramiz. Shunday holatda marhum ruhi ziyoratchini gaplarini his qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن ابن عباس رضي الله عنهما عن النبي الله صلى الله عليه وسلم ما من أحد مر بقبر أخيه المؤمن كان يعرفه في الدنيا ، فسلم عليه ، إلا عرفه ورد عليه السلام  رواه ابن عبد البر في "الاستذكار Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam : “Kim dunyoda o‘zini tanigan mo‘min birodarining qabri yonidan o‘tib, unga salom bersa, birodari uni taniyda va salomiga alik oladi” dedilar" deganlar. Ibilan Abdul Barr “Istizkor” kitobida rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 08:41 | Savol-javoblar | 188 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar