Bomdod namozining azonidagi so‘zlar

Assalomu alaykum! Bomdod namoziga "namoz uyqudan afzal" deb kiritilishiga kim sababchi bo‘lgan? Javobingiz uchun tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Sahih hadislarda kim ziyoda qilganligi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Ibn Moja qilgan rivoyatda Bilol roziyallohu anhu birinchi bo‘lib shu so‘zni aytgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni tasdiqlaganlar. Yana bir rivoyatda muazzin Abu Mahzura “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida azon aytayotganimda “Azonga Assolaatu xoyrumminannavmni qo‘shib qo‘y” deganlar” deyilgan. Imom Doraqutniy rivoyat qilgan hadisda esa hazrati Umar muazzinga qo‘shib qo‘yishni aytganlar – deyilgan. Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda: “Bilol Nabiy sollallohu alayhi vasallamni namozga chaqirgani keldi. U zotni uxlagan holda topdi, shunda “Assolaatu xoyrumminannavm” deb ikki marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bamdodga azon aytganingda shuni ham qo‘shib qo‘y” dedilar” deyilgan. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 08:54 | Savol-javoblar | 188 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar