Fozil qorining juma kuni fazilati haqidagi hadisi

Assalomu alaykum! Men ayrim duo va hadislarda ikkilanganim va boshqa manbalardan topa olmaganim uchun ba’zi savollarni so‘rab bilishga jurat qildim. 1-savolim: Men rahmatli ustoz Fozil qorining internetda tarqalgan juma kunidagi savoblar haqidagi hadisini eshitib qoldim. unda jumladan ustoz shunday deydi: kimki juma kuni juma namoziga masjid tomon yurib kelsa har bir qadamiga 20 yillik namoz va ro‘za savobi yoziladi. shu hadisni ayrim ustozlar zaif hadis deyishmoqda. shu haqda bilmoqchi edim. 2-savolim: O‘zbekistondagi Din ishlari qo‘mitaning xulosasiga asosan chiqarilgan Quroniy duolar ..... kitobida shunday hadisni o‘qib qoldim va bu erda roviylar yozilmagan. unda Rasululloh sallAllohu alayhi va sallam shunday degan ekanlar: kimki har kuni ertalab 10 marta va kechqurun 10 marta menga salavot aytib yursa men uni qiyomat kuni shafoat qilaman. shu hadis qanchalik sahih yoki zaifligi borasida bilmoqchi edim. javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri zaif. Quyida sizga “Hadis va Hayot” kitobidan salovatlar havola qilamiz: عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ السَّاعِدِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُمْ قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، كَيْفَ نُصَلِّي عَلَيْكَ؟ قَالَ: قُولُوا: اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَأَزْوَاجِهِ وَذُرِّيَّتِهِ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ، وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَأَزْوَاجِهِ وَذُرِّيَّتِهِ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Abu Humayd as-So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ba’zi odamlar:
«Ey Allohning Rasuli, sizga qanday salovot aytamiz?» dedilar.
U zot:
«Allohumma! solli ’ala Muhammadin va azvojihi va zurriyatihi, kama sollayta ’alaa oli Ibrohiym. Allohumma! barik ’alaa Muhammadin va azvojihi va zurriyatihi, kama barokta ’alaa oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd», deb ayt», dedilar.
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Salovatning ma’nosi: «Allohim! Muhammadni, uning zavjalarini va zurriyotlarini xuddi oli Ibrohimni yorlaqaganingdek yorlaqagin. Muhammadni, uning zavjalarini va zurriyotlarini xuddi oli Ibrohimni barakotli qilganingdek barakotli qilgin. Albatta, Sen Hamiydsan, Majiydsan». عَنْ عَبْدِ الرَّحْمنِ بْنِ أَبِي لَيْلَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَقِيَنِي كَعْبُ بْنُ عُجْرَةَ فَقَالَ: أَلَا أُهْدِي لَكَ هَدِيَّةً، إِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خَرَجَ عَلَيْنَا فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، قَدْ علِمْنَا كَيْفَ نُسَلِّمُ عَلَيْكَ فَكَيْفَ نُصَلِّي عَلَيْكَ؟ قَالَ: قُولُوا اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ، اللَّهُمَّ بَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abdurrohman ibn Abu Layla roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ka’b ibn Ujra meni uchratib qolib:
«Senga bir sovg‘a beraymi? Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqdilar. Biz u zotga «Ey Allohning Rasuli, sizga salom berishni-ku, bilamiz, ammo sizga qanday salovot aytamiz?» dedik.
«Allohumma! Solli ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammadin, kama sollayta ’ala oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd. Allohumma! Barik ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammadin, kama barokta ’ala oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd», deb aytinglar», dedi».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar. عَنْ أَبِي سَعِيْدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قُلْنَا يَا رَسُولَ اللهِ، هَذَا السَّلَامُ عَلَيْكَ، فَكَيْفَ نَصَلِّي عَلَيْكَ؟ قَالَ: قُولُوا اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ عَبْدِكَ وَرَسُولِكَ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ، وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيْمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ey Allohning Rasuli, sizga salom berishni-ku, bilamiz, ammo sizga qanday salovot aytamiz?» dedik.
«Allohumma! Solli ’ala Muhammadin abdika va rasulika, kama sollayta ’ala Ibrohiyma va barik ’ala Muhammadin va ’ala oli Muhammadin, kama barokta ’ala Ibrohiyma va oli Ibrohiym», denglar», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 172 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar