Bir nechta savollarim

Assalomu alaykum! 1. Men namoz o‘qishni boshladim ammo o‘zim IIO safadi ishliman shu sababli xozirda faqat bomdod namozini xamda ishdan kelganimdan keyin xufton namozini (garchi xufton namozini vaqti o‘tib ketsa xam) o‘qimoqdaman. Shu sababli orada o‘qimayotgan peshin, asr va shom namozlarini qay tartibda o‘qiman. 2. Namozni yangi boshlaganim uchun xozirda Fotixa surasidan keyin faqat "Ixlos" , "Kavsar", "Falaq" va "Nos" suralarini bilaman qolganlarini yodlashga xarakat qilmoqdaman. Ushbu zam suralarni qayta qayta o‘qisam noto‘g‘ri bo‘lmaydimi. 3. Namoz o‘qishni boshlaganimdan so‘ng tag‘in ushbu xolat bo‘lganligi uchun namozni o‘qishni boshlabdi degan xayolga bormanglar. Xozirda ayolim bilan urishib qolganman va biz sal kam 5 oydan buyon yashamayapmiz. Men unga jaxl ustida taloq quyish maqsadida emas agar mani topish tutishim yoqmasa mani topayotgan daromadim kamlik qivotgan bo‘lsa o‘zingga boyroq er topib olgin deb aytganman shu gapimdan keyin arazlab ketib xozirda birga yashamayapmiz uyidan narsalarini xam olib ketgan. Xozirda yarashishga xarakat qilmoqdamiz. Bu o‘rinda xotinim bilan nikohim buzilganmi? taloq tushganmi? u meni alimentga sudga xam bergan. Farzandlarimni moddiy jihatdan ta’minlamoqdaman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Farzlarini o‘zini bo‘lsa ham vaqtida o‘qishga harakat qiling. Mabodo qazo bo‘lsa, imkon bo‘lganida tez qazosini o‘qib olasiz. Xufton namozining vaqti azon aytgandan bomdod namozining vaqti kirguncha.2). Noto‘g‘ri bo‘lmaydi.3). Taloq niyatida aytmagan bo‘lsangiz taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:06 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar