Mahr deb bersa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Xozirda urf bo‘lgan xolat: kuyov taraf qalin puli deb malum miqdorda pul beradi. Kelin taraf o‘sha pulga yana pul qo‘shib kuyovning uyiga mebel olib keladi. Shu ishning o‘rniga kuyov taraf qalin puli bermasdan, mebelni o‘zi sotib olib (iloji bo‘lsa kelin taraf tanlasa) kelinga maxr deb bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda nohaqlik deymizmi, nomardlik deymizmi yoki noshudlik deymizmi kuyov o‘zi qilishi vojib bo‘lgan uy va unda ishlatiladigan jihozlarni kelinning zimmasiga yuklab qo‘ymoqda. Aslida bu kuyovning zimmasiga vojib bo‘lgan ishdir. Urfni bahona qilish noto‘g‘ri. Shariatga zid bo‘lgan urfni hech qanday e’tibori yo‘q. Kelinga mahr berish ham kuyovning zimmasiga vojib. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush