Ayol kishining haqqi

XURMATLI ShAYX XAZRATLARI men sizni ayollar xar xaftada uyiga borib kelishga xakki bor deganingizni buni uzaytirib chuzishga kaynona kaynotani xakki yuk ekanligini aytsam erim bunga xadis yoki kurondan dalil keltir deyapti. Iltimos menga yordam bering. Menda siz yozgan kitoblar xam va xattoki kitoblardan izlagani vaktim xam yuk. Kulimda 10 oyli bolam bor. Iltimos urgangan bilimlaringiz bilan menga shu jumladan barcha ayollarga yordam bering. Alloxni uzi sizdan rozi bulsin va bu ishingiz uchun kupdan kup ajru savoblar bersin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Faqat sog‘-salomatlik holatida ota-onaning ziyoratiga bir haftada bir marta er ruxsat bermasa ham borishga, agar ular bemor bo‘lsalar, keragicha borishga ayolning shar’iy haqqi bor.Qur’oni Karimda farzand ota-onasiga silai rahm qilishi farz qilingan. Er xotiniga ota-onasini ko‘rishga borishi uchun ruxsat bermasa, o‘sha Qur’oni Karimning amriga xilof qilgan bo‘ladi.

1 May 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 194 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar