Soqol haqidagi gaplar
“Zavoid sunnatlarni qilmaslik gunoh bo‘lmasa ham, uni o‘zgartirib, o‘zgacha tarzda bajarib, uni sunnat deb atash bid’at bo‘ladi. Masalan, umuman salla kiymagan odam gunoh qilgan bo‘lmaydi. Lekin sunnat deb sallaning bir uchini o‘ng elkaga, bir uchini chap elkaga yoki oldinga osiltirib qo‘yish, sunnat deb faqat iyakka dumaloq qilib soqol qo‘yish yoki bir tutamdan kalta bir-ikki enlik soqol qo‘yish ham bid’at bo‘ladi. “Mushriklarga o‘xshamaslik uchun soqolingizni o‘stiring” hadisi sharifi bor deb soqol qo‘ymagan har musulmonga mushrik deyish durust emas. Muboh bo‘lgan odatlarda kofirlarga o‘xshashning zarari yo‘q. (Hadiqa) Lekin sunnati zavoidni ham yoqtirmagan va hazil-mazax qilgan kishi kofir bo‘ladi. Masalan, bir kishi “Payg‘ambarimiz ayollarga o‘xshab uzun ko‘ylak kiygan ekan” deb mazax qilsa, imoni ketadi”. Hurmatli ustoz yuqoridagi gaplar to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
To‘g‘ri.
1 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
To‘g‘ri.
1 May 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 192 | Turli savollar