Topib olingan Qur’on
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, boshimdan o‘tgan bir voqeani aytib beray. Chamasi 2002-yil edi. Men oilam bilan Qozog‘istonni Saparbazar degan, Jizzax bilan chegaradosh joyiga paxta terib pul ishlagani borganman. Toshkent Jizzax yo‘li yonida paxta terardik, bir kun tushlikdan keyin paxta terib turib yo‘lga qarab turgandim, 500 metrlar chamasi narida bir mashina to‘xtab, ichidan bir kishi ayolmi erkakmi bilmadim pastga tushdi. Bir vaqt o‘tib yana qaytib chiqib mashinaga o‘tirib ketishdi. Oddiy holat hojat ushatishdi deb o‘yladim. Ammo ich ichimdan bir ovoz shu joyga borishga majbur qildi va qanday qilib hamma narsani tashlab o‘sha joyga borganimni bilmay qoldim. Mashina to‘xtagan joyni topdim, pastga chakalakzor ichiga tushdim, qarasam qizil ayollar charm sumkasi. Olib ichini ochib qarasam bitta Qur’oni karim va uch to‘rttacha kichik diniy kitoblar turardi. Avvaliga qo‘rqdim, lekin kitoblarni tashlab ketgim kelmadi. Uyga olib ketdim. U paytda 18 yosh bola edim, keyinchalik Alloh meni hidoyat qildi va men Allohning kitobida “Biz Qur’onni O‘zimiz ximoya qilamiz” mazmunidagi oyatni o‘qidim va iymonim yana ziyoda bo‘ldi. Endi shu kitoblarning hukmi qanday bo‘ladi? Men ularni nima qilay? Albatta bu saytga ko‘p birodarlarimiz kiradi, mobodo kitobning egasi chiqsa qaytarib beraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar egasi “kitoblar kerak emas” degan niyat bilan tashlab ketishgan bo‘lsa, o‘qib foydalanishingiz mumkin. Keyinchalik olib ketish alomati bo‘lsa, egasi topulgunicha saqlab turasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar egasi “kitoblar kerak emas” degan niyat bilan tashlab ketishgan bo‘lsa, o‘qib foydalanishingiz mumkin. Keyinchalik olib ketish alomati bo‘lsa, egasi topulgunicha saqlab turasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:41 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar