Aptekada savdo

Assalomu alaykum! Men aptekada ishlayman. Men ishlayotgan apteka zaveduyushiysi (ish boshqaruvchisi) ish xaqi kamligi, bu apteka boshqa aptekalar kabi kelib-ketish, taomlanishlarga pul ajratmagani uchun savdoda ustiga narx qo‘yib, yuqoridagi xarajatlarni chiqarishim mumkinligini aytdi. Savolim : apteka zaveduyushiysi ruxsati bilan topilgan pullar xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aptekaning egasi narx navo belgilashni sizga yuklagan bo‘lsa u aytgan shartlarga binoan narx qo‘yishingiz joiz. Ammo bu ish sizning vazifangiz bo‘lmasa haqqingiz yo‘q, bu ish orqali topgan pulingiz harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar