XADISLARNI ShARXLAB BERSANGIZ
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUHU!Muhtaram ustoz! Sizga ayrim savollarim bor edi. Ijozatingiz bilan ularni xavola kilaman: 1. Abu Xurayra (r.a)dan rivoyat kilinadi: Rasulullox (s.a.v): «Sayxun, Jayxun, Furot, Nil – barchasi jannat anxorlaridandir»-dedilar. Imom Muslim rivoyati. (Riyozus-solixiyn, 1852/46-xadis) 2. Said ibn Zayd (r.a)dan rivoyat kilinadi: Rasulullox (s.a.v): «Kuzikorin Bani Isroillar egan xolvalaridandir. Uning suvi kuz uchun shifodir»-dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. (Riyozus-solixiyn, 1867/61-xadis)3. Abdullox ibn Abu Avfo (r.a)dan rivoyat kilinadi: Bu zot: «Biz Rasulullox (s.a.v) bilan ettita gazotda birga buldik. Xammasida emishimiz chigirtka bo‘ldi», dedilar. Boshka rivoyatda «Biz u zot bilan chigirtka edik» bo‘lib kelgan. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. (Riyozus-solixiyn, 1832/26-xadis)- Yukoridagi uch xadisni batafsil sharxlab bersangiz.5. Xadislarda Kur’on oyatlari va xadisda kelgan zikr va duolarni o‘qisa, bandaga kanday darajalar va fazilatlar ato kilinishi xakida rivoyatlar mavjud. Misol uchun, taxlil, takbir, xamd va tasbix kalimalarini aytishning fazilatlari xakida kuplab xadislar vorid bulgan. Bu xadislarning xar birida uning xar xil fazilatlari zikr kilingan. Misol tarikasida bitta rivoyatni keltirmokchiman: - «Subxanalloxi va bixamdixi»ni 100 marotaba aytgan kishining gunoxlari dengiz kupigicha bulsa xam kechiriladi. - Boshka xadisda esa: Kimki «Subxanalloxi va bixamdixi» desa, unga jannatda bir xurmo ekiladi». Deyilgan.Mazkur va boshka xadislarda kelgan oyat va zikr, duolarni aytayotganda usha xadislarda kelgan barcha fazilat va darajalarga ega bulinadimi? Zikrni aytayotganda mana shu zikrlardan xosil bo‘ladigan barcha savoblar umid kilinadimi?7. Ibn Abbos (r.a)dan rivoyat kilinadi: Rasulullox (s.a.v): «Kim tong otganda «Fasubxanalloxi xiyna tumsuna va xiyna tusbixun»ni «vakazalika tuxrojun» (Rum surasi, 17-19)gacha ukisa shu kungi yukotgan narsalarini topibdi, kim bularni kechki payt aytsa, tunda yukotgan narsalarini topibdi», dedilar. - Yukoridagi xadisni «shu kungi yukotgan narsalarini topibdi» va «tunda yukotgan narsalarini topibdi» jumlalarini tushunmadim. Iltimos batafsil sharx kilib, tushuntirib bersangiz. 8. Abdullox (r.a)dan rivoyat kilinadi: Rasulullox (s.a.v)ni uch marta duo qilgan va uch marta istig‘for aytgan qoyil qoldirar edi. Abu Dovud rivoyatlari. Navaviy “Al Azkor”da rivoyat qilgan.Hadisdagi “uch marta duo qilgan va uch marta istig‘for aytgan” jumlasini sharh qilib bersangiz. 9. Har namozdan keyin o‘qiladigan 33 marta tasbeh, hamd va takbir aytish mustahab amallardar sanaladi. Mazkur zikrlarni 10 martadan aytiladigan siyg‘asi ham bor. Lekin 11 martadan aytilishi haqidagi hadisni bilmayman. Ustoz agar iloji 11 martadan aytilishi haqida sahih hadis bormi? Bor bo‘lsa bu hadisni kimlar qaysi hadis kitobida rivoyat qilishgan? Iloji bo‘lsa o‘sha hadisni javobingizda keltirib o‘tsangiz.E’tibor va javoblaringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. «Sahih hadislarda kelishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Nilu Furot va Sayhunu Jayhun hammasi jannat daryolaridandir», deganlar. Bu hadis mazkur daryolar jannatdan oqib chiqqanini bildirmaydi. Mazkur daryolar barakali bo‘lganligi uchun jannat daryolari, deb nomlanganlar».2. Bu hadisda sharh qilinadigan narsa yo‘q. Hammasi tushunarli. 3. Ibn Abu Avfaa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan ettita yoki oltita g‘azotda ishtirok etdik. U zot bilan chigirtkani er edik».Ushbu hadisi sharifdan chigirtka halol ekani, uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham, sahobai kiromlar ham tanovul qilganlari kelib chiqadi.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Bizga ikki o‘limtik va ikki qon halol qilindi. Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qora taloqdir», dedilar».Ibn Moja va al-Hokim rivoyat qilganlar.Aslida Alloh taoloning: «Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o‘limtik yoki oqizilgan qon yoki to‘ng‘iz go‘shti bo‘lsa, albatta, u iflos, haromdir», degan oyati karimasiga binoan, asli halol hisoblangan hayvonlarning o‘limtigi va oqizilgan qoni haromdir.Ushbu hadisi sharif esa, o‘sha umumiy hukmdan to‘rt narsani: ikkita o‘limtikni va ikkita qonni istisno qilmoqda.«Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qorataloqdir».O‘limtik nopok, inson salomatligi uchun zararli bo‘lgani sababli Islom shariatida harom qilingan. Agar bemorlik oriz bo‘lmasa, hayvon o‘z-o‘zidan o‘lmaydi. Qolaversa, hayvon shar’iy yo‘l bilan so‘yilmay, boshqa sabablarga ko‘ra o‘lsa, qoni va u bilan birga undagi mikroblar, kasalliklar butun badaniga tarqalib ketadi. Uni taom sifatida tanovul qilgan odamga zarar etkazadi.Ammo, baliq va chigirtkada bu holat yo‘q. Ularning so‘yilganda oqadigan qoni yo‘q. Shuning uchun, ularning o‘limtigi hech zarar etkazmaydi. Bu narsa ilmiy tajribalar orqali ham tasdiqlandi.Lekin, chigirtkadan boshqa qoni yo‘q quruqlik hayvonlari haromdir. Chayonlar, arilar, pashshalar shular jumlasiga kiradi.Jigar bilan qorataloq ham asosan qondan tarkib topgan bo‘ladi. Ammo o‘sha qon jigar va taloqqa aylanganda zararsiz holga o‘tib qoladi, Shuning uchun ham, shariatimizda bu ikki narsa halol qilingan.5. Albatta, har kimga niyatiga yarasha beriladi.7. Bu erda yo‘qotgan narsa, savob ma’nosida.8. U zot alayhissalom ko‘pincha ahamiyatli narsalarni uch marta takrorlar edilar. Bu erda ham duo va istig‘forni uch marta takrorlash haqida so‘z bormoqda.9. Men ham topa olmadim.
1 May 2022, 10:53 | Savol-javoblar | 201 | Hadislar