Kazo namozi
Assalomu alaykum! 1.Kitoblardan o‘qib tushinishim bo‘yicha namozining qazosi bo‘lsa nafl o‘qishdan ko‘ra qazo namozini ado etish kerakligini angladim. Menga namoz o‘qish farz bo‘lgan yoshdan namoz o‘qishni boshlagan vaqtimgacha bo‘lgan qazo namozini o‘qimoqlikka axd qilib xar kuni besh vaqt namozni farzini va xuftan namozini vitirini qazosini peshin namozidan yoki shom namozidan so‘ng ado etishga xarakat qilmoqdaman. Meni bu qilayotgan ibodatimni shariatdagi ko‘rsatmalari qanday tartibda bo‘lish kerak. Agar mumkin bo‘lsa o‘z tilimizda qanday niyat qilishim kerak (Xozirda men "Qiblam bo‘lmish kabaga qarab yolg‘iz allox uchun qolib ketgan bomdod namozini 2 rakat farzini o‘qimoqlika niyat qildim xolisalilloxi taalo alloxu akbar" deb niyat qilib o‘qimoqdaman) 2.Erkak kishi o‘z ayolini namoz o‘qishiga sharoit yaratib bersa lekin ayoli turli baxonalar bilan namozini tark etsa eri javobgar bo‘lmaydimi. Shariatda o‘z axlini ibodatiga erkak kishi ya’ni oila boshlig‘i qanchalik mas’ul. Javob uchun oldindan raxmat qilayotgan xayrli ishlarnigizni alloh barakotini bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eng oxirgi qoldirgan (masalan) peshin namozini farzini o‘qishga niyat qildim “Allohu akbar” deyish kifoya qiladi. Boshqa so‘zlarni qo‘shishga hojat yo‘q. 2). Mas’ulligini quyidagi oyatdan tushunib olavering. وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا لَا نَسْأَلُكَ رِزْقًا نَّحْنُ نَرْزُقُكَ وَالْعَاقِبَةُ لِلتَّقْوَى 132. Ahlingni namozga amr et va o‘zing unga sabr qil. Sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat esa taqvonikidir. Musulmonning birinchi burchi ahlini, oilasini musulmon qilishdir. Bu ishda namoz muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ahlingni, oila a’zolaringni namoz o‘qishga buyur. O‘zing ham sabr ila namozda bardavom bo‘l va ahlingni namozga undashda davom et. Alloh sendan boshqa narsani so‘ramaydi. «Sendan rizq so‘ramasmiz. Biz senga rizq beramiz». O‘sha bergan rizqimizga shukr qilib, namoz o‘qi va namozga buyur. «Oqibat esa taqvonikidir». Yaxshi oqibatga sazovor bo‘lish taqvoga bog‘liqdir. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:13 | Savol-javoblar | 210 | Ibodatlar