Allohga ishonish

Shaxy Hazratlari men qalb hastaligida shudarajaga ettimki. Hozir Allohga umuman ishonmay qo’ydim. Uni rahmatidan umit qilmay qo’ydim. Men to’g‘risi Allohga juda ko’p duolar qilardim. Qiyinchilik horliklardan chiqish uchun qattiq yalinardim. Man bu duono uqisa inson hojati ravo bo’larkan… manu duoni uqing Alloh istaganingizni beradi… bu duoni fazilatlaridan inson gamdan chiqadi… bu duo qalbni ravshanlashtiradi… bu duo to’g‘ridan to’g‘ri ijobat bo’ladi… bu duo ishingizni oson qiladi. Bu duo vasvasadan asraydi… buni manuncha marta o’qiladi buni yatishdan oldin. Buni turgandan kegin… hullasi juda ko’p. Men duoni shartlariniham bilardim… g‘usul qilib pokiza kiyinib kechalari nafil namozlariga turub eng muhumi duoyim ijobat bo’lishiga aniq ishongan holda qo’limni qo’ymay yalinardim. namoz oqib ko’nglimni ovitardim, ertasidan harakatda barakat degan gapga amal qilib Allohdan yordam so’ragan holda ishga ketar edim. ammo istaklarim amalgam oshmadi. Alloh soraganlarimni bermadi. endi unga ishonchsizlik paydo bo‘lib qoldi. duo qilgim kelsa shubha bilan ishonchsizlik bilan qilaman. Oxirgi marta qachon duo qilganimham esimda yo’q. Hozir duo qilgandan ko’ra sigareta chekib miyyaga dam berayapman. Hozir ko’nglimga nima kelsa shuni qilib yurubman. Men avvallari tassavvurham qilishim bo’lmagan ishlarni hozirda qilib yurubman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh barchamizni to‘g‘ri yo‘ldan ajratmasin. Siz to‘g‘ridan to‘g‘ri duoga o‘zingizni urmay Islomni o‘rganganingizda yaxshi bo‘lar edi. Sizning holingiz Allohga shart qo‘yib, banda bo‘lishdir. Bu dunyodan so‘raganimni bersa, roziman bo‘lmasa, rozimasman kabi. Siz bo‘lgan bo‘lmagan kitoblardagi duoga berilgan va’dalarga emas, Allohning O‘ziga chin ixlos qilganinigizda va Uning aytganida yurganingizda yaxshi bo‘lar edi. Siz duolarning matnini emas, duoni qanday to‘g‘ri bo‘lishini va uning shartlarini o‘rganganingizda yaxshi bo‘lar edi.Banda Allohga bu dunyodagi matohlarni deb iymon keltirmaydi. Agar banda o‘ziga berilgan hayot ne’mati yoki aql ne’mati shukri uchun butun umrini ibodat ila o‘tkazsa ham ozlk qiladi. Siz bo‘lsa, bilib bilmay qilgan duolaringiz vaqtincha qabul bo‘lmagani uchun Allohdan arazlab yuribsiz. Bu holat oqil odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.Siz tezda tavba qiling. Allohning dinini puxta o‘rganing, duo va uning shartlarini ham ilmli odamlardan ta’lim oling. Ixlos bilan ibodat qiling. Hammasi yaxshi bo‘ladi, inshaalloh.

1 May 2022, 11:15 | Savol-javoblar | 174 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar