Oltin silsila haqida
Assalomu alaykum! Zikr ahlidan so‘rang hay’ati a’zolari. Sizlarni boshlarimizga soyabon bo‘lib kelgan Ramazon oyi bilan muborakbod etaman. Sizlarga bugun meni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qilishga ijozat bergaysiz.
Avvalambor anchadan buyon Oltin Silsila kitobining navbatdagi juzlarining nashrdan chiqishi to‘xtab qoldi. Biz bu kitobning davomini intiqlik bilan kutmoqdamiz va shu bilan birgalikda hadisga oid kitoblarning eng ishonchli 7 kitobining barchasi ona tilimizga tarjima qilinib tezroq nashrdan chiqishini tilab qolamiz. Shuning uchun kitoblarning davomi nashrdan chiqishi nega to‘xtab qoldi va reja qilinganidek Sahihul Buxoriydan boshqa hadis kitoblari ham nashrdan chiqadimi ular ustida tarjima ishlari olib borilyaptimi?
Kuni kecha Minor jome’ masjidiga borib juda hunuk holat ustidan chiqib qoldim. Dinimizda ayollar masjidga kirib namoz o‘qishlari mumkin emasligini bilardim lekin u yerda bir to‘p ayollar masjid ichiga kirib olib namoz o‘qimoqdalar, yetmaganday erkaklar o‘qib turgan joyga kirib namoz o‘qib hattoki esdalik uchun rasmga ham tushishmoqda. Bu qanday bedodlik. Surishtirsam qishloq joylarda viloyatlarda ayollar masjidga kirib namoz o‘qisharmush. Bu to‘g‘rimi. Bu holatga na masjid hodimlari va na boshqalar e’tibor berishyotgani yo‘q. Bu holatni qanday qilib to‘htatsa bo‘ladi. Nega masjid mutasaddilari bunga befarqlar? Javobinggiz uchun oldindan rahmat. Allohning O‘zi bizlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Samimiy tilaklaringiz uchun tashakkur. Tarjima ishlar davom etmoqda duo qilib turinglar. Bosishga ruxsat berilishi bilan navbatma navbat sotuvga chiqadi. Ayollar masjidga borishiga kelsak. Aslida masjidga borib namoz o‘qish ayollar uchun ham joiz edi. Erkak-ayol bir-birlariga fitna bo‘lmasliklari uchun, masjidlarning joylashishi ham hozirgi kabi ikki qavatli va ko‘p xonali bo‘lmagani uchun Umar roziyallohu anhu bundan qaytaranlar. Hozirda erkak-ayollar aralashib fitna bo‘ladigan joylar hammamizga ma’lum bo‘lganidek to‘yxona, kinoxona, kafe kabilar bo‘lib qoldi. Ayollar masjidga borib, ziyorat qilib u erlarda namoz o‘qishlari ijobiy ish bo‘lib qoldi. Masalan sharhrimizning eng ko‘rkam Minor, Hazrati Imom masjidlariga borganlar ibrat oladigan, savob oladigan va oldin qilmagan yaxshiliklarini qiladigan bo‘lmoqdalar. Qolaversa, shahrimiz katta shahar, dunyoning turli mamlakatlaridan ziyoratchilar kelishadi. Musulmon mamlakatlaridan kelgan sayyohatchi ayollar ham namozlarni o‘qishda masjidga bormay ilojlari yo‘q. Hatto vodiy va vohadan kelganlar ham bunga muhtoj bo‘ladilar. Fiqh deb holatni to‘g‘ri baholashga aytiladi. Umar roziyallohu anhu davrida fitna chiqmasligi uchun qaytarish to‘g‘ri edi. Hozirgi kunda shunisi to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 11:34 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar