Ibodatlar haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, jome masjidda o‘qilgan namoz Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjidlarida o‘qilgan namoz savobini olarkan shu haqida bilmoqchi edim. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masjidunnabaviyda o‘qiganchalik bo‘lmasligi hadisda keltirilgan. Lekin jamoatda o‘qilgan namozning savobi o‘ta ulkandir. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: صَلَاةُ الْجَمَاعَةِ تَفْضُلُ صَلَاةَ الْفَذِّ بِسَبْعٍ وَعِشْرِينَ دَرَجَةً. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Jamoat namozi yolg‘izning namozidan yigirma etti daraja afzaldir», dedilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Sharh: Demak, jamoat namozining fazli gohida yigirma besh, gohida yigirma etti daraja ustun bo‘lar ekan. Bunday farq masjidning uzoqligi, namozxonning ixlosi yoki imomning taqvosiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, jamoat bilan namoz o‘qishnig fazli beqiyos kattadir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 02:08 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar