Go‘shtning orasidan chiqqan suyuqlik

Assalomu alaykum! Go‘sht sotib olishimizdan oldin albatta shariat qonun qoidalariga rioya qilingan xolda so‘yilgan so‘yilmaganligini aniqlashtirib keyin o‘sha go‘shtni sotib olamiz. Shu go‘shtlarni qovurish jarayonida, ayniqsa tovuq go‘shtini oyoqlarini qovurish jarayonida issiqlik tasirida go‘shtni orasidan qonga o‘xshash to‘q qizil narsa sizib chiqadi. Vaxolanki, go‘shtni pishirishdan oldin juda katta e’tibor bilan yuvaman. Shu qonga o‘xshash narsa sizib chiqqanda ko‘nglim tinchimay ovqat halol yoki halol emasmi degan shubxa paydo bo‘ladi. Shunday paytlarda ovqatni xukmi qanday bo‘ladi? Bu narsa hattoki mol go‘shtini laxm qismini qovurish jarayonida xam sodir bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Go‘shtning orasidagi qon najosat hisoblanmaydi. Najosat hisoblangan qon tomirdan otilib chiquvchi qondir. Alloh taolo “An’om” 145-oyatida «O‘limtik, yoki oqizilgan qon, yoki to‘ng‘iz go‘shti – chunki u iflosdir...» deb marhamat qilgan Bu narsalar boshqa oyatlarda ham batafsil bayon qilingan. O‘zi o‘lib qolgan hayvonning go‘shti katta zarar bo‘lgani uchun Alloh taolo uni harom qilgan. Shuningdek, har qanday hayvondan oqizilgan qon ham zararli bo‘lib, haromdir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 130 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar