"Stukachlik" haqida

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda yo‘l-xarakati qoidalarni buzgan shaxslar xaqida, video va fotosuratlarga tushirgan xolda internet tarmoqlari orqali DAN xodimlariga xabar beradigan odamlar ko‘paymoqda. Bunday xolatlar internet tarmoqlarida ko‘p baxs munozaraga sabab bo‘lmoqda. Kimlardir bunday odamlarni «sotqin» yoki ruschasiga aytganda «stukach» deb atayotgan bo‘lsa, yana kimlardir bu to‘g‘ri ish, shu orqali yo‘llarda tartib intizomni saqlash mumkin, avariyalarni oldini olish va inson xayotiga ziyon etkazuvchi xolatlarni oldini olish mumkin deb aytmoqda. Shu xolat bo‘yicha dinimizda nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki tomon ham bir biriga bir qadam oldinga tashlasin. Ya’ni etkazuvchilar oshirib yuborishmasin, etkazmaslikni tarafdorlari kishilarning bir biriga qilayotgan zulm, behurmatlik, boshqani mensimaslik, birovni haqqini poymol qilishni o‘ylab ko‘rishsin. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar