Sahihmi?

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz aytadilar “Kim juma namozidan so‘ng 100 marta “Ixlos” surasini o‘qisa, menga 100 marta salovot aytsa va 70 marta bu duoni o‘qisa keyingi jumaga qadar Allohning izni bilan badavlat bo‘ladi”. Duo Allohummakfini bi halalika an haromika vag‘nini bi fazlika amman sivaka.
Bu hadis sahihmi? Amal qilsa bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aynan siz keltirgandek hadisni bilmaymiz. 442/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi : Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma namozidan keyin «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu birobbin nas» suralarini etti marta o‘qisa, Alloh taolo uni keyingi jumagacha yomonlikdan saqlaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyati. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ مُكَاتَبًا جَاءَهُ فَقَالَ: إِنِّي قَدْ عَجَزْتُ عَنْ كِتَابَتِي فَأَعِنِّي، قَالَ: أَلَا أُعَلِّمُكَ كَلِمَاتٍ عَلَّمَنِيهِنَّ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم؟ لَوْ كَانَ عَلَيْكَ مِثْلُ جَبَلِ ثَبِيرٍ دَيْنًا أَدَّاهُ اللهُ عَنْكَ، قُلِ اللَّهُمَّ اكْفِنِي بِحَلَالِكَ عَنْ حَرَامِكَ وَأَغْنِنِي بِفَضْلِكَ عَمَّنْ سِوَاكَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ «Bir mukotab Ali roziyallohu anhuning oldiga kelib: «Men kelishilgan mablag‘ni topib berishdan ojiz bo‘ldim. Menga yordam bering», dedi. «Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga o‘rgatgan kalimalarni o‘rgatib qo‘yaymi? Agar zimmangda Sabiyr tog‘icha qarz bo‘lsa ham, Alloh uni sendan uzadi. «Allohumma! ikfinii bihalolika an haromika va ag‘ninii bifazlika amman sivoka» degin», dedi». Termiziy rivoyat qilgan. Sharh: Mukotab – xo‘jasi bilan ma’lum mablag‘ evaziga ozod bo‘lish uchun shartnoma yozgan qul. Sabiyr – Yamandagi bir tog‘ning ismi. Duoning ma’nosi: «Allohim! Menga haloling ila haromingdan kifoya qilgin. O‘z fazling ila meni o‘zingdan boshqalardan behojat qilgin». Kim ushbu duoni niyat va ixlos bilan farz namozlardan keyin o‘qib yursa, Alloh taolo unga qarzini uzishda yordam beradi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 160 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar