G‘ayridin tanishlarim marosimlarida

Assalomu alaykum! O‘zim musulmonman alxamdilillox! Ayrim paytlarda shunday xolatlarga tushaman. Do‘stlarim, tanishlarim boshqa din vakillari, ularning yaqinlari olamdan o‘tganda men ham ularning yonida turib hamdardlik bildirib, cherkoviga borib marosimda qatnashdim. Ularda bir odat bor ekan,  xar bir kelgan odamga shamni yoqib qo‘liga tutisharkan. Menga ham berishdi, odob yuzasidan qaytara olmadim. Shu ishim to‘g‘rimi? Shunday marosimlarda qatnashishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boshqa din vakillarining janoza kabi diniy ibodat marosimlarida musulmon odamni qatnashishi shar’an joiz emas. Ular sizni diningizni hurmat qilmasa, siz o‘zi diningizni ta’limotlarini hurmat qilishni o‘rganing. O‘zga din vakillari bilan shariat ruxsat berganchalik miqdorda muomala qiling. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar