Ayol kishi nikohda past ovoz bilan roziman desa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizning “nikoh o‘qilayotgan payt kelinning roziligini kuyov (bevosita) eshitishi shart” degan javobingizni o‘qib, ko‘nglimga xavotir tushdi. Masalan, mening nikohimda ayolim uyalganidan past ovozda “roziman” deb javob bergan (Keyinroq o‘zidan so‘rasam tortinib past ovozda aytganini tan olgan). Imom “eshittinglarmi?” deb men bilan guvoh jo‘ramga aytganda ikkilanib “ha” deganman. Ayolim bilan bir-birimizga ko‘ngil qo‘yishib, ota-onalarimizga ham ma’qul kelib ahdlashganmiz. Norozilik va majburlash bo‘lmagan. Mana shu nikohimiz to‘g‘ri bo‘lganmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qiz bolaning indamagani ham roziligi bo‘ladi. Kitob o‘qisanglarchi! Allaqachon yozib qo‘yilgan narsani mendan qayta-qayta so‘ramanglar, axir.

26 May 2022, 18:38 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar